Buyurtma nega "Partial" bo'ladi va pul qaytadimi
Buyurtma holati Partial ga o'tsa, ko'pchilik "pulim ketdi" deb o'ylaydi. Aslida bu eng xavfsiz holatlardan biri — keling, nima bo'layotganini tushuntiramiz.
Partial nimani anglatadi
Buyurtmaning bir qismi yetkazildi, qolgani yetkazilmadi. Yetkazilmagan qismning puli balansingizga qaytariladi.
Masalan: 1000 ta a'zo buyurtma qildingiz, 700 tasi keldi. Buyurtma Partial bo'ladi va 300 ta uchun to'langan pul balansga qaytadi. Buyurtma sahifasida Remains: 300 deb ko'rasiz.
Nega bunday bo'ladi
- Manba tugadi. Provayderda o'sha turdagi hisoblar shu payt yetmadi.
- Kanal cheklandi. Telegram kanalga kirishni vaqtincha chekladi.
- Havola o'zgardi. Buyurtma davomida kanal nomi yoki maxfiylik sozlamasi o'zgartirilgan.
- Kanal to'ldi. Ba'zi kanallarda a'zo chegarasi bor.
Nima qilish kerak
- Balansingizni tekshiring — qaytarilgan summa allaqachon o'sha yerda.
- Kanal ochiq va havola to'g'ri ekaniga ishonch hosil qiling.
- Qolgan miqdorga yangi buyurtma bering — odatda ikkinchi urinishda to'liq ketadi.
- Takrorlansa, bizga yozing va buyurtma raqamini yuboring. Boshqa manbadan urinib ko'ramiz.
Partial ni qanday kamaytirish mumkin
- Katta miqdorni bir buyurtmada emas, bo'lib bering.
- Kafolatli (Refill) xizmatlarni tanlang — ular barqarorroq manbadan keladi.
- Buyurtma tugagunicha kanalga tegmang.
Qaytarish qoidalari to'liq shartlar sahifasida yozilgan.